Alibaba kompaniyasining şu'basi bölgan Ant Group kompaniya asosçisi Jyek Maning öz uluşini sotişi imkoniyatini örganmoqda, deb yozadi Reuters.
OAVning ma'lumot berişiça, Xitoy markaziy banki, xalq banki va bank işlarini tartibga soliş komissiyasi (CBIRC) mansabdor şaxslari yanvardan martgaça Ant Group vakillari va Jyek Ma bilan alohida muzokaralar ötkazgan. Uçraşuvlarda uning kompaniyadan çiqiş imkoniyati muhokama qilingan.
Kompaniya Maning milliardlab dollarga baholanayotgan uluşi Ant yoki Alibaba Group Holding investorlariga sotilişini közlagan.
Ammo regulyatorlar uluş Ma bilan aloqador heç kimga sotilişiga yöl qöyilmasligini va uning biznesdan töliq çiqişi kerakligiga işora qilgan. Yeçim sifatida esa uluşini Xitoy hukumatiga aloqador investorga beriş taklif etilgan.
Hozirda Ant Group aksiyalarining 10 foizi Jyek Maga tegişli. Uning Hangzhou Yunbo investitsiya kompaniyasi esa Ant aksiyalarining 50,5 foiziga ega bölgan ikki taşkilotni nazorat qiladi.
Avvalroq Alibaba kompaniyasi monopoliyaga qarşi qonunlarni buzgani uçun 2,78 milliard dollar miqdorida jarimaga tortilgandi.
XXR hukumati va Alibaba örtasidagi keskinlik Jyek Maning ötgan yil oktyabrda xalqaro moliyaviy regulyatorlar qoidalari eskirganini aytib, Xitoy banklarini tanqid qilganidan söng boşlandi.
Dekabrda Xitoy regulyatorlari Ant Group’ni şaffof raqobat prinsiplarini va iste'molçilar huquqlarini buzganlikda aybladi. 24 dekabrda esa Alibaba ustidan tekşiruv boşlangani ma'lum qilindi.








