Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirus pandemiyasini bir neça oy içida nazoratga oliş mumkinligini aytdi, deb yozadi Reuters.
Gebreyyesusning sözlariga köra, koronavirus pandemiyasini zarur resurslarni adolatli taqsimlaş orqali jilovlaş mumkin.
"Agar mavjud vositalarni adolatli qöllay olsak, bu pandemiyani bir neça oy içida nazorat ostiga olişimiz mumkin", - dedi u.
U şuningdek, koronavirus 25 yoşdan 59 yoşgaça bölganlar orasida tez tarqalayotganidan xavotirda ekanligini aytdi.
"Koronavirusdan bir million kişi vafot etişi uçun töqqiz oy kerak bölgandi, 4 oyda 2 million kişiga yetdi va 3 millionga yetişi uçun 3 oy kifoya qildi", - deb qöşimça qildi Gebreyyesus.
JSST rahbari vaksina işlab çiqaruvçilarni öz texnologiyalari bilan bölişişga, past va örta daromadli mamlakatlarni esa bu texnologiyalarni olişga qiziqişga çaqirdi.












