Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida prezident farmoni e'lon qilindi.

Farmonga muvofiq, 9 may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlaş kuni ötkazilişi, şuningdek, Ikkinçi jahon uruşida halok bölganlar xotirasini abadiylaştiriş, faxriylarni e'zozlaş hamda faşizm ustidan qozonilgan ğalabaning 76 yilligi nişonlanişi munosabati bilan uruş qatnaşçilari va nogironlarini moddiy rağbatlantiriş maqsadida Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga 12 000 000 (ön ikki million) söm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

Mazkur farmonni bajariş bilan boğliq bölgan sarf-xarajatlar respublika budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.

Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlariga uşbu pul mukofotining tantanali topşirilişini ta'minlaydi.

«Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Içki işlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan birgalikda karantin qoidalariga rioya qilgan holda Vatanimiz ozodligi va şon-şarafi himoyaçilariga bağişlangan maxsus uçraşuvlar va madaniy-ma'rifiy keçalarni ötkazsin», deyiladi hujjatda.