– Issiqlik elektrostansiyalari haqida umumiy ma'lumot bersangiz. Ularning soni neçta, asosan qaysi hududlarda joylaşgan?

– Savol juda oddiy tuyuladi, lekin aslida juda muhim masalani qamrab oladi. Köpçilik fuqarolarimiz, jumladan, şunaqa holatlar bölgan, hattoki jamoatçilikning eng faol a'zolari ham issiqlik elektr stansiyasi deganda issiqlik energiyasini, ya'ni issiq suvni yetkazib beruvçi korxonani tuşunadilar. Aslida, Issiqlik elektr stansiyalari – bu iqtisodiyotimiz va kundalik hayotimiz asosi, çunki iste'molimizda bölgan elektr energiyasining asosiy qismi aynan şu stansiya va markazlarda hosil qilinadi. "Issiqlik elektr stansiyalari" aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifasi esa, elektr va issiqlik energiyasini işlab çiqarişni ta'minlaş, yurtimizning energetik xavfsizligiga erişiş, iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga ortib borayotgan ehtiyojlarini qondiriş maqsadida mamlakatimizda yuritilayotgan energetika siyosatini amalga oşirişdan iborat. Bugun yurtimizda şu maqsadlarda 8 ta issiqlik elektr stansiyalari (Toşkent, Angren, Yangi-Angren, Töraqörğon, Sirdaryo, Navoiy, Tolimarjon va Taxiatoş) hamda 3ta issiqlik elektr markazlari (Toşkent, Farğona va Muborak) faoliyat yuritmoqda.

– Qaysi IES eng köp elektr energiyasini beradi? IESlarning umumiy elektr energiyasi işlab çiqarişdagi uluşi qanday?

– Ayni paytda stansiya va markazlarimizning yurtimizda jami iste'moldagi elektr energiyasini işlab çiqarişdagi uluşi 85 foizdan köproqni taşkil etadi. Mamlakatimiz aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlaşda 10 000 nafardan ziyod işçi-xizmatçilarning zahmatli mehnati yotadi. Milliy energotizimning «otaxon»laridan biri bölişiga qaramay, «Sirdaryo IES» AJ ayni paytda eng köp elektr energiyasi işlab çiqaruvçi korxonalardan biri. Bugun bu yerda investitsiya dasturi doirasida modernizatsiya işlarining yakuniy uçinçi bosqiçi amalga oşirilmoqda. Şu bilan birga eng zamonaviy, energotejamkor va energosamarador texnologiyalar joriy etilgan Tolimarjon, Navoiy va Töraqörğon issiqlik elektr stansiyalari bugun sohaning lokomotiv korxonalari hisoblanadi.  

Iqtibos: 2017 yil tahlillariga köra, rivojlangan davlatlarda 1 kilovatt energiya işlab çiqariş uçun 240-260 gramm yoqilği işlatilgan bölsa, mamlakatimizdagi ayrim stansiyalarda 2 barobar köp yoqilği sarflangan. Lekin, ötgan 4 yil içida mamlakatimizda eng yangi, energiya samarador texnologiyalarni joriy etişga faol ravişda kirişdik va şuni ta'kidlaş lozimki, qisqa fursatlarda 1 kVt soat elektr energiyasi işlab çiqişda yoqilği sarfini kamaytiriş böyiça sezilarli natijalarga erişildi.