Kompaniya xabariga köra, bitim Toşkentdagi Köksaroy qarorgohida Şavkat Mirziyoyev, Abdulla Aripov va Çexiya boş vaziri Andrey Babiş iştirokida imzolangan. Loyiha qiymati 120 million yevroni taşkil etadi.

Škoda Group boş direktori Petr Novotni sözlariga köra, loyiha Özbekiston hukumati, «Özbekiston temir yöllari» va kompaniya örtasidagi uzoq muddatli hamkorlik natijasidir. Kompaniya Özbekistonga zamonaviy texnologiyalarni olib kiradi va samarali transport uçun zamonaviy yeçimlar taklif qiladi.

Bitim doirasida Özbekistonga Latviya va Estoniyada sinovdan ötgan platformalar asosida işlab çiqilgan 1520 millimetrli izga mos 10 ta hududiy elektropoyezd yetkazib beriladi. Kompaniya uşbu poyezdlar yuqori işonçlilik, qulaylik va energiya samaradorligiga ega bölişini ta’kidlagan.

Loyiha doirasida servis, texnik xizmat va mahalliylaştiriş uçun qöşma korxona taşkil etiladi. Şuningdek, Škoda Academy oçilib, mahalliy mutaxassislarni tayyorlaş hamda kelajakda poyezdlarga mustaqil xizmat körsatiş tizimini yölga qöyiş rejalaştirilgan.