2026 yilning 1 aprel holatiga Özbekistonda “Kreditga taqiq” xizmatiga ulangan jismoniy şaxslar 2 mln 207 ming 753 nafarni taşkil etdi, deya xabar berdi Kredit-axborot tahliliy markazi (KATM) matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, xizmat foydalanuvçilarining 1 mln 283 ming 506 nafari erkaklar (58 foiz), 924 ming 247 nafari esa ayollar (42 foiz)dan iborat.
Yoş toifalari kesimida eng katta uluş 26−35 yoşdagilar hissasiga töğri keladi — 674 ming 617 nafar (31 foiz). Şuningdek, 26 yoşgaça bölganlar 536 ming 860 nafar (24 foiz), 36−45 yoşdagilar 528 ming 866 nafar (24 foiz), 46−55 yoşdagilar 275 ming 201 nafar (12 foiz) va 56 yoşdan yuqori fuqarolar 192 ming 209 nafarni (9 foiz) taşkil etgan.

E’tiborga molik jihati, “Kreditga taqiq” xizmatidan foydalanuvçilar soni joriy yilning dastlabki 3 oyida 5 barobarga oşgan.
Eslatib ötamiz, fevral oyining boşida hukumatning elektron tizimlariga uyuştirilgan kiberhujum natijasida özbekistonliklarning şaxsiga oid ma’lumotlar darknetda tarqab ketgandi.













