Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Akrom Rahmonqulov lavozimidan ozod qilindi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilişiça, bugun Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida Bahrom Amonoviç Nazarov Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tasdiqlangan.

Bahrom Nazarov bungaça Quriliş vazirligi Pudrat va maxsus montaj işlari bozorini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Ma'lumot uçun, Akrom Bahritdinoviç Rahmonqulov 2017 yilga qadar Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari lavozimida işlagan, 2017-2018 yillarda Jizzax şahri hokimi bölgan, 2018 yil aprelidan buyon yana viloyat hokimi örinbosari lavozimida işlay boşlagandi.
2020 yil dekabrida Davletovuz Telegram-kanali muallifi «Jizzaxça tenderlar-2, oilaviy pudrat, bir neça yuz milliardlik davlat buyurtmalari» sarlavhali suriştiruvini e'lon qilib, unda viloyat «zamhokimi» Akrom Rahmonqulovning qarindoşlariga tegişli bölgan xususiy kompaniyalar davlat buyurtmalarini özaro «taqsimlab olgani», bu davlat buyurtmalari qiymati bir neça yuz milliard sömni taşkil qilişi haqida yozgandi. Bloger bu masalaga nazorat organlari tekşiruv ötkaziş orqali aniqlik kiritişi mumkinligini qöşimça qilgandi.
Keyinroq, 2021 yilning 10 yanvarida Jizzax şahrida qurilayotgan köp qavatli binolardan biri qulab tuşgaç, bu masala yana kun tartibiga çiqdi. 15 yanvar kuni prezident Şavkat Mirziyoyev Yunusobod tumani faollari iştirokida keçgan yiğilişda Jizzaxdagi uy qurilişiga yöl qöyganlar qonun oldida javob berişlari kerakligini aytgandi va Jizzax viloyati hokimining quriliş böyiça örinbosari hozirgi siyosatga xiyonat qilganini


















