8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda navoiylik yigitlarning uyatsiz qiliqlar hamda xotin-qizlar şa'niga teguvçi gap-sözlari aks etgan videolavha tarqalgandi. Jamiyatda yuriş turiş qoidalarini buzgan uşbu «Tik-Tok»çilarga jazo tayinlandi.
13 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Navoiy şahar sudi sudyasi Ötkir Haydarov MJtKning 183-moddasi bilan uşbu holat böyiça töplangan ma'muriy iş hujjatlarini körib çiqqan.
Ma'lum qilinişiça, huquqbuzarlar 08 aprel kuni soat 22:00larda Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, «Afrosiyob» töyxonasi yonida uyatsiz qiliqlar va gap-sözlar aks etgan videolavhani tasvirga olişgan hamda uni «Tik-Tok» ijtimoiy tarmoğiga joylaştirişgan. Ular bu işi bilan jamiyatda yuriş turiş qoidalarini buzib, mayda bezorilik sodir qilişgan.
Sud majlisida söroq qilingan yigitlar qilmişlariga iqror bölib, puşaymon ekanliklarini bildirişgan. Ularga MJtKning 183-moddasi bilan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.















