Navbahor tumanidagi 33-umumiy örta ta'lim maktabining direktor örinbosari öquvçilardan birining onasi tomonidan kaltaklanganligi voqeasiga Navoiy viloyati IIB hamda XTB tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.

Viloyat IIB munosabatida ta'kidlanişiça, 5 may kuni soat 12:00 larda maktab direktori Saodat Fayziyevaning xizmat xonasiga 10-sinf öquvçisining onasi Hilola Adizova kelib, qiziga direktor örinbosari Dilbar Qodirova tanbeh berganligi yuzasidan şikoyat qilgan. 

«Örtalarida oğzaki tortişuv kelib çiqib, Hilola Adizova direktor örinbosari Dilbar Qodirovaning yuz qismiga qöllari bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Mazkur holat Navbahor tuman IIB navbatçilik qismida mavjud Şakl-1 kitobida qayd etilib, tuman IIB huzuridagi tergov bölinmasi tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib bormoqda. Tergov bölinmasi tomonidan hodisa sodir bölgan joy közdan keçirilib, voqea guvohlaridan tuşuntiriş xatlari olingan. Dilbar Qodirovaning olgan jarohati oğirlik darajasini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Sudga oid tibbiyot ekspertizasi xulosasi olingandan söng, töplangan hujjatlar yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinişini ma'lum qilamiz», deyiladi viloyat IIB rasmiy munosabatida.

Navoiy viloyati XTB boşliği Marat Şamuratov Navbahor tuman tibbiyot birlaşmasiga borib, jabrlanuvçi Dilbar Qodirova bilan uçraşgan. 

«Ta'lim muassasasida sodir etilgan mazkur holat tuman xalq ta'limi bölimi hamda viloyat xalq ta'limi boşqarmasi tomonidan örganilganda, ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça direktor örinbosari Dilbar Qodirova fuqaro Hilola Adizovaga nisbatan heç qanday qaltis harakat sodir etmaganligi, farzandi maktab formasida kelişi yuzasidan ogohlantirilganligi Hilola Adizovaning uşbu harakatlarni sodir etişiga sabab bölganligi aniqlandi. 

Viloyat xalq ta'limi boşqarmasi boşliği Marat Şamuratov 33-umumta'lim maktabiga borib, pedagogik jamoa bilan uçraşuv ötkazdi. Öqituvçilar hamda texnik xodimlar bilan bölgan suhbatda Dilbar Qodirova tomonidan öquvçiga nisbatan heç qanday bosim, şa'niga teguvçi harakatlar sodir etilmagani ma'lum böldi. Şundan söng, boşqarma boşliği huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat etib, masalani uzil-kesil adolat nuqtai nazaridan körib çiqiş, aybdor şaxsni qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortiş şartligini bildirdi.