«Ötgan yil bahoridagi kabi biz fuqarolardan uyda qolişni va zaruratsiz köçaga çiqmaslikni sörab qolamiz», — deb aytgan Nisimura. Uning ta'kidlaşiça, çeklovlar koronavirusning yangi mutatsiyalari tarqalişi bilan boğlangan.
Hukumat, şuningdek, yirik dökonlar va tamaddixonalar egalariga öz faoliyatlarini töxtatib turişni tavsiya qilgan. Bundan taşqari, ommaviy tadbirlar ötkazilişi taqiqlanadi. Avtobus va poyezdlar iş kunlari harakatni ertaroq tugatadi, dam oliş kunlari esa reyslar sonini qisqartiriş rejalaştirilgan.
Yaponiyaning bir neçta hududida 7 yanvardan boşlab favqulodda vaziyat rejimi amal qilib kelgan. Tokioda karantin 22 martgaça davom etgan. Biroq u bekor qilinişi bilanoq koronavirusga çaliniş holatlari yana köpaya boşlagan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, Yaponiyada koronavirusga çalinganlar soni 553 mingdan oşib ketdi, uning qurbonlari soni 10 mingga yaqinni taşkil qilmoqda.












