«2021 yil 23 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 88 679 (+399) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
Bu kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bo‘yicha 2021 yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Bundan avvalgi antirekord 22 aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 384 kishida COVID-19 tasdiqlangandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 4 nafari Andijon viloyatida,
- 2 nafari Buxoro viloyatida,
- 9 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 54 nafari Samarqand viloyatida,
- 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 2 nafari Xorazm viloyatida,
- 83 nafari Toshkent viloyatida,
- 217 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar,
- Buxoro viloyatida 7 nafar,
- Jizzax viloyatida 15 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 2 nafar,
- Namangan viloyatida 6 nafar,
- Samarqand viloyatida 41 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 6 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 6 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
- Xorazm viloyatida 6 nafar,
- Toshkent viloyatida 51 nafar,
- Toshkent shahrida 162 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 85536 (+304) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
















