Kun.uz sayti 2020 yil 1 maydan boşlab kutilayotgan ayrim özgarişlarni havola etadi.
Ai-80 narxi davlat tomonidan tartibga solinişi tartibi bekor qilinadi
Prezidentning «Neft-gaz tarmoğining moliyaviy barqarorligini oşiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga köra, Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilğisi (şu jumladan EKO markali dizel yoqilğisi) çakana narxlarini davlat tomonidan tartibga soliş bekor qilinadi, şuningdek neftni qayta işlaş zavodlari tomonidan Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilğisini (şu jumladan EKO markali dizel yoqilğisini) sotiş faqat birja savdolari orqali amalga oşiriladi.
Sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari qonuniy kuçga kirgan işlarni prokuror tomonidan tomonlarning murojaati mavjud bölgandagina suddan talab qilib oliş tartibi kuçga kiradi
Davlat dasturi töğrisida prezident Farmoniga muvofiq, qonun ustuvorligini ta'minlaş va sud-huquq tizimini yanada isloh qiliş sohasida 2020 yil 1 maydan boşlab sud hukmlari, qarorlari, ajrimlari yoki hal qiluv qarorlari qonuniy kuçga kirgan işlarni prokuror tomonidan tomonlarning (prokurordan taşqari) murojaati mavjud bölgandagina suddan talab qilib oliş tartibi amaliyotga joriy etiladi.
2020 yil uçun davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarida bolalar ta'minoti uçun ota-onalar tölovining yangi miqdorlari amalga kiradi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 fevraldagi 114-son qarori bilan 2020 yil uçun davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarida bolalar ta'minoti uçun ota-onalar tölovi miqdorlari tasdiqlandi.
Hududlarda dorivor ösimliklar yetiştiriş böyiça klaster tizimi yölga qöyiladi
Prezidentning şu yil 10 apreldagi qarori bilan 2020 yil 1 maydan boşlab Qişloq xöjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Örmon xöjaligi davlat qömitasi, Soğliqni saqlaş vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligining dorivor ösimliklarni yetiştiriş, saqlaş, birlamçi yoki çuqur qayta işlaş klasterlarini (dorivor ösimliklar klasteri) taşkil etiş, şuningdek, hududlarni dorivor ösimliklar yetiştiriş böyiça ixtisoslaştiriş töğrisidagi takliflari ma'qullangan.












