Nima sababdan ba'zi xalqlar iqtisodiy taraqqiyot va erkin fuqarolik jamiyati qurişda katta muvaffaqiyatga erişgan-u, ammo ba'zi davlatlar bir neça yuz yildan beri qoloqlik va qaşşoqlikda yaşaşga majbur bölişmoqda.

Amerikalik iqtisodçilar Daron Ajamöğli va Jyeyms Robinson özlarining «Nega xalqlar muvaffaqiyatsizlikka uçraydi: hokimiyat, farovonlik va qaşşoqlikning kelib çiqişi» (angl. Why Nations Fail: The Origins of Power, Prosperity, and Poverty) kitobida soliştirma tahlillar asosida turli davlatlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanişidagi farqlarning asosiy sababini körsatib ötgan.

Bir-biriga geografik jihatdan yaqin, şu bilan birga rivojlaniş jihatdan turfa hududlar

Dastlab Nagoles şahri misolida bu holatni körib çiqsak. Şaharning yarmi AQŞning Arizona ştatiga, qolgan qismi esa Meksika hududiga tegişli. Arizonaning yarmidagi hududda aholining örtaça daromadlari 30—40 ming dollar atrofida, odamlar örta maktab bitiruvçilari, yöllar asfaltlangan, tartib va ​​tamoyillar mavjud, aholining aksariyati 65 yoşdan oşiq umr köradi. Qolgan janubiy yarmida esa örtaça daromad uç baravar kamroq va qolgan hamma narsa ham xuddi şu darajada yomonroq. Bu hududlarda atrof-muhit yoki madaniyat bir xil, ammo siyosiy va iqtisodiy imkoniyatlar bir-biridan keskin farq qiladi. Buning asl sababi nimada?

Tarixan Meksika Ispaniya mustamlakasi bölgan va mamlakatda uzoq yillar davomida quldorlik hukm surgan. Mustamlakaçilikdan qolgan elita boşqaruv tizimi va köpçilik uçun siyosiy huquqlar mavjud emasligi mamlakat rivojlanişi va taraqqiyotiga jiddiy ta'sir ötkazgan.

Mualliflar ilmiy-texnik taraqqiyot uçun jamiyat keng qatlamlarining mulk huquqlarini himoya qiliş kerakligini ta'kidlaydi. Öz örnida, texnologiyalarning doimiy özgarişi va takomillaşuvi AQŞ rivojlanişida poydevor vazifasini ötaydi. XX asrning boşidagi AQŞning mislsiz iqtisodiy taraqqiyotida ikkita jihat muhim rol öynagan.

Birinçidan, dunyoning istalgan qismidagi iqtidorli va kuçli salohiyatga ega bölgan ilmiy xodim adolatli patentlaş tizimi va mehnatga yaraşa mukofotlar sabab Qöşma Ştatlarga borişdan va u yerda yaşaşdan manfaatdor bölgan.

Ikkinçidan, hukumat har qanday istiqbolli loyiha va ixtirolarni qöllab-quvvatlagan hamda moliyalaştirgan. Odamlarda öz korxonalari va innovatsiyalaridan daromad olişga kuçli motivatsiya mavjud bölgan.

Amerikaning 300 yildan oşiqroq tarixi davomida siyosiy institutlarning iqtisodiy institutlar oldida, öz navbatida, iqtisodiy institutlarning siyosiy idoralar oldida javobgarligi har ikki tomonni keng miqyosda hamma uçun işlaşga majbur qilgan. Mamlakatdagi adolatli patentlaş va ta'lim tizimi har bir fuqaroga rivojlaniş va boylik imtiyozlaridan foydalaniş uçun imkoniyat yaratgan.