Turnirda özbekistonlik sportçilardan 4 nafari final bahslarida iştirok etdi.

23 aprel kuni erkaklar örtasidagi final bahslarida dastlab -52 kg vazn toifasida Şahzod Muzaffarov rossiyalik Yevgeniy Rojovga qarşi jang ötkazdi va 3:2 hisobida ğalaba qozondi.

Şundan söng, +91 kg vazn toifasida Jahongir Zokirov ham armanistonlik Ovanes Papazyanga qarşi final bahsini muvaffaqiyatli ötkazib, terma jamoa hisobiga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi.

Bundan oldinroq qizlar örtasidagi final bahslarida -54 kg vazn toifasida Özbekiston şarafini himoya qilgan Nigina Öktamova jahon çempionligini qölga kiritgani, u özbekistonlik ayol boksçilar örtasida ilk jahon çempioni bölgani xabar qilingandi.

Şahzod Muzaffarov / insidethegames.biz

Jahon birinçiligiga Özbekiston jamoasi 18 boksçi bilan borgandi (10 öğil va 8 qiz), turnir yakunlariga köra 3 oltin, 1 kumuş va 7 bronza medal qölga kiritildi. Barça sovrindorlar:

  • Şahzod Muzaffarov (-52 kg), Jahongir Zokirov (+91 kg) va Nigina Öktamova (-54 kg) — «oltin»;
  • Mohinabonu Abdullayeva (-64 kg) — «kumuş»;
  • A'loxon Abdullayev (-69 kg), Şohjahon Abdullayev (-81 kg), Sitora Turdibekova (-57 kg), Dilfuza Bekova (-60 kg), Hadiçabonu Abdullayeva (-69 kg) va Sohiba Rözmetova (-75 kg) — «bronza».

Özbekiston jami medallar jamğarmasi böyiça Hindiston va Rossiyadan keyin uçinçi böldi.