Uning ta'kidlaşiça, portlaşning ikkita asosiy versiyasi örganilmoqda. Ulardan biriga köra, hodisaga xorijiy maxsus xizmatlar aloqador bölişi mumkin; ikkinçisiga köra, öq-dorilarga ehtiyotsizlik bilan muomalada böliş oqibatida baxsiz hodisa yuz bergan.
Zeman ombordagi portlaşlar böyiça biror xulosaga kelişdan oldin tergov natijalarini kutişga çaqirgan va bu bilan boğliq axborot maxfiylaştirilmasligini ma'lum qilgan.
Uning ta'kidlaşiça, Çexiya xavfsizlik va axborot xizmati (BIS) hisobotiga köra, rossiyalik agentlar portlaş vaqtida Vrbetitseda bölganining isboti yöq.
«Biroq bu ularni gumon qiliş nojiddiy ekanini anglatmaydi. Biror bir mustaqil davlat uning hududida xorijiy davlatning ikki agenti terakt sodir etişiga, uning natijasida ikki fuqarosi halok bölişiga va milliardlab zarar yetişiga yöl qöya olmaydi», deb ta'kidlab ötgan Çexiya prezidenti.
17 aprelda Çexiya boş vaziri Andrey Babiş mamlakat maxsus xizmatlaridan Vrbetitseda 2014 yil yuz bergan hodisaga Rossiya Boş razvedka xizmati xodimlari aloqadorligi haqida axborot olganini ma'lum qilgan. Şundan keyin Çexiya politsiyasi Rossiya fuqarolari Aleksandr Petrov va Ruslan Boşirovni qidiruvga bergan. Çexiya OAV ma'lumotlariga köra, portlaş sababçilari Rossiya Boş razvedka xizmatining uşbu nomlar ostida yaşiringan xodimlari Anatoliy Çepiga va Aleksandr Mişkin bölişi mumkin. Bundan taşqari, Çexiya uşbu ayblovlar ortida 18 nafar rossiyalik diplomatni öz hududidan çiqarib yuborişini e'lon qilgan. Praganing fikriça, uşbu diplomatlar Rossiya maxsus xizmatlari xodimlari hisoblanadi. Moskva esa bunga javoban 20 nafar çexiyalik diplomatni çiqarib yuborişini e'lon qilgan.
Zemanning ta'kidlaşiça, agar rossiyalik agentlarning portlaşlarga aloqadorligi isbotlansa, unda Rossiya bunga «tovon tölaşi» kerak böladi. Misol uçun, «Rosatom» Çexiyadagi «Dukovna» AES qurilişida iştirok etişdan çetlatilişi mumkin. Biroq gumonlar isbotlanmasa, unda gap maxsus xizmatlar öyini haqida borayotgan böladi va bu Çexiyaning içki siyosati uçun jiddiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Şu bilan birga, Zeman hukumatning rossiyalik diplomatlarni çiqarib yuboriş taklifini nima uçun qöllab-quvvatlagani sababini keltirib ötdi. Uning ta'kidlaşiça, u «razvedka zobitlarini jini suymaydi».
«Mening yonimga boş vazir Andrey Babiş va uning birinçi örinbosari Yan Gamaçek kelib, Rossiya razvedkasining 18 zobitini çiqarib yubormoqçi ekanini ma'lum qilganda, men bu taklifni töliq qöllab-quvvatladim. Bilasizmi, nimaga? Bu razvedka zobitlarini jinim suymaydi, çunki ular foydadan köra asosan ziyon keltiradilar», deb tan olgan Zeman.













