Xitoy hukumati Moskvaga nisbatan ğarb sanksiyalari keskinlaşişi fonida Rossiyani qöllab-quvvatlaşni kuçaytiradi. Bu haqda Xitoy taşqi işlar vazirligi vakili Van Venbin ma'lum qildi.
"Biz bir tomonlama sanksiyalar qöllanişiga qat'iyan qarşimiz. Xitoy va Rossiya bir-birining umumiy hamkorlik munosabatlarini qöllab-quvvatlaydi. Davlat suverenitetini himoya qiliş masalasida XXR va Rossiya bir-biriga yordam körsatadi", - deb ta'kidladi u.
Diplomat Pekin AQŞ va Rossiya konstruktiv siyosiy muloqot örnatişi va kelişmovçiliklarni özaro hurmat asosida bartaraf qilişidan umidvor ekanligini aytdi.
"Bir tomonlama sanksiyalar - gegemoniyaning namoyişi, ular umumiy norozilik keltirib çiqaradi", - dedi Van Venbin.
Rossiya-Amerika munosabatlari AQŞ prezidentining Moskva saylovlarga aralaşgani uçun badal tölaşi kerakligini aytgan va Rossiya prezidentini “qotil” deb atagan intervyusidan söng keskinlaşdi.
Şundan söng Rossiyaning AQŞdagi elçisi Moskvaga çaqirtirib olindi. 15 aprelda AQŞ Rossiyaga qarşi sanksiyalar kiritdi, 16 aprel kuni Rossiya javob sanksiyalarini joriy etdi.












