Çexiyada bir qator siyosatçilar mamlakat prezidenti Miloş Zemanning 2014 yilda Vrbetitsedagi öq-dori omborida yuz bergan portlaşlar böyiça bayonotidan norozilik bildirişdi. Avvalroq Zeman mamlakatning kontrrazvedka xizmati taqdim qilgan hisobotda portlaşlarga rossiyalik agentlarning aloqadorligini isbotlovçi ma'lumotlar yöqligini ma'lum qilgandi. U tergov natijalari olinmagunça bu borada biror xulosa çiqarişga şoşmaslikka çaqirgandi.
Zeman, şuningdek, voqeaning ikki versiyasi örganilayotganini ma'lum qildi. Ulardan biriga köra, hodisaga xorijiy maxsus xizmatlar aloqador bölişi mumkin; ikkinçisiga köra, öq-dorilar bilan ehtiyotsiz muomalada böliş oqibatida baxsiz hodisa yuz bergan.
Çexiya senati raisi Miloş Vistrçilning ta'kidlaşiça, Zeman hali yakunlanmagan tergov ma'lumotlarini oşkor qilgan va bu bilan tergov borişini xavf ostiga qöygan. Uning aytişiça, prezident ataylab ba'zi ma'lumotlarni aytmagan.
«Men ham senatning maxfiy ravişda ötgan mudofaa va xavfsizlik böyiça qömitasi yiğilişida iştirok etdim. Prezident hali davom etayotgan tergov ma'lumotlarini taqdim qildi, bu esa Çexiya xavfsizligini tahdid ostiga qöyadi», deb aytgan Vistrçil.
Siyosatçi Zeman aytganidan aynan nima bunday ma'lumot ekaniga aniqlik kiritmagan. Uning ta'kidlaşiça, endi tergov samarali borişiga imkoniyat ança kamaydi.
Çexiya muxolifati ham Zemanning bayonotini tanqid ostiga oldi. Ceske Noviny naşrining yozişiça, STAN harakati yetakçisi Yan Farskiy Zeman öz nutqi bilan Rossiyaga yolğon xabarlar tarqatiş uçun «eşiklarni oçib berganini» aytgan.
«Xavfsizlik böyiça qömita a'zosi sifatida şuni aytişim mumkinki, unda aniq axborot yöq, yoki u ataylab uni notöğri taqdim qilmoqda, yoki şunçaki xato qilmoqda. U nima uçun yolğon xabarlar uçun eşiklarni oçib berayotganini faqatgina taxmin qiliş mumkin», deb aytgan Farskiy.
Şuningdek, portlaşlarda halok bölgan ikki kişidan biri — Vratislav Gavranekning öğli Ondrjyey Gavranek portlaşlar baxsiz hodisa tufayli yuz bergan bölişi mumkinligi haqidagi versiyani tanqid qildi.
«Oçiq manbalardan ayonki, bu versiya, ya'ni ehtiyotsizlik bilan muomalada böliş, fikrimça, istisno qilib bölindi», deb aytgan Ondrjyey Gavranek.
Ta'kidlanişiça, u Çexiya prezidentiga oçiq maktub bilan murojaat qilib, uning otasi va fojianing ikkinçi qurboni — Lyudek Petrjikning loqaydligi portlaşlarga sabab bölmaganini bildirmoqçi.













