Kun.uz saytida «Qişloqda bir kun» ruknida «Tong sahardan ötin tergani zovur böyiga — Qöştepaning Langarida ötgan bir kun» sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi.

Unda Qöştepa tumani Langar mahallasida istiqomat qiluvçi aholining turmuş manzaralari, hayoti va kundalik yumuşlari aks ettirilgan bölib, qişloqdagi çirib bitgan «stolba»lar, içimlik suvi hamda tabiiy gaz bilan boğliq muammolar atrofliça yoritilgan edi. 

Tandiqiy maqola e'lon qilingandan keyin videolavhada aks etgan «Langar» MFY Mardlik köçasi, 10-uyda yaşovçi Şoira Xoliqovaning xonadoniga hokimlik hamda savob umidida bölgan yurtdoşlarimiz tomonidan yordam körsatildi. Xonadonning köça devorlari ta'mirlab berildi.

Mahalla ahlining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotiga köra, çirib bitgan yoğoç «stolba»ning bittasi öşa paytdayoq yangisiga almaştirilgan, lekin tarmoqqa ulanmay qolib ketgan. Mutasaddilar avariya holatida bölgan boşqa yoğoç tayançlarni almaştirişni negadir paysalga solib kelmoqda.

Vaholanki, öşa paytdayoq Qöştepa tumani hokimligi hududga elektr energiya tizimini yaxşilaş maqsadida 120 dona tayanç ustun, 120 dona tungi yoritiş çiroği, 1 dona transformator örnatiş, 9,9 km elektr tarmoqlari tortiş, aloqa tizimini yaxşilaş maqsadida 48 km optik tolali aloqa tarmoği tortiş va ijtimoiy soha obektlarini ta'mirlaş işlarini bajariş rejalaştirilganini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz mazkur holat böyiça Qöştepa tumani hokimligidan izoh kutib qoladi.