Biznes-ombudsman soliqçilar tomonidan «şubhali» deb topilgan bitimlar böyiça 10 mingga yaqin tadbirkordan QQS summalarini undirişning qonuniyligi borasida örganiş boşlaganini ma'lum qilgan edi.

19 fevralda biznes-ombudsman Davlat soliq qömitasiga QQS mojarosi yuzasidan taqdimnoma kiritdi. Şundan keyin biznes-ombudsman bu masalaga boşqa qaytmadi.

Kun.uz 27 aprel kuni AOKAda bölib ötgan matbuot anjumanida idora vakilidan şu haqda izoh söradi.

Biznes-ombudsman yetakçi inspektori Sardor Ğaniyevning sözlariga köra, 19 fevralda biznes-ombudsman tomonidan qömitaga qonunbuziliş holati mavjudligi aniqlangani sababli taqdimnoma kiritilgan. DSQ esa teskari pozitsiya bildirgan.

«Biznes-ombudsman devonida uşbu holat örganilgandan keyin, uning yakuni böyiça soliq qömitasiga qonunbuziliş fakti mavjud, deb taqdimnoma kiritilgan. DSQ bu böyiça bizning pozitsiyaga nisbatan teskari pozitsiya bildirdi. Şunga köra, keyingi protsedura sudlarda körib çiqilmoqda.

Bizning xodimlarimiz ham sudlarda qatnaşmoqda. Bunda biz tomondan sudlarga ariza berilgan holatlar bilan birga, tadbirkorlik sub'yektlarining özi sudga murojaat qilgan holatlar ham bor. Sudlarda jarayon ketmoqda, hali natijasi çiqmadi», – dedi u.

Biznes-vakil matbuot xizmati rasmiysi Abduvali Abdumavlonov, Kun.uz söroviga javoban, idora tomonidan «obnal işi» doirasida tadbirkorlar manfaatlarini közlab sudlarga da'vo kiritilmagani, ammo idora vakillari ikkita sud jarayonida qatnaşib kelayotganini ma'lum qildi.

 «Inoyat Buziness» MÇJ va «Food Eco Bizness» XKning QQS masalasidagi Toşkent tumanlararo ma'muriy sudi jarayonida biznes-ombudsman vakillari qatnaşib kelmoqda», – dedi Abduvali Abdumavlonov.

Ma'lumot uçun, Kun.uz Toşkent tumanlararo ma'muriy sudida «obnal işi» böyiça körilgan boşqa bir sud işini yoritgan, unda sud soliqçilarning xatti-harakatlarini noqonuniy deb topgandi.

Bundan avval, DSQ «obnal-firmalar» faoliyati bilan boğliq sud jarayonlarida DSQ xatti-harakatlarining qonuniyligi isbotlanmoqda, deya bayonot tarqatgan