«Bu Kun» dasturi muxbirining xabar berişiça, Facebook’dagi «Potribitel» guruhi a'zolari sobiq Rossiya mehmonxonasi, Çorsu va Mirobod bozorlarida tilançilar köpaygani haqida xabar berişmoqda.
Ta'kidlanişiça, pokistonliklar yakka va oila bölib yurişmoqda. Ular ingliz va özbek tilida sözlaşib, «50 ming söm ber» jumlasini yodlab olişgan.
«Hammasi bir xil 50 ming söm sörayapti. Agar kimdur pul bersa 100 ming söm söraşga ötgan. 20 ming söm berilganda esa xömrayib olmoqda», deydi muxbir.
Ayrim tilançilar köçalarda, ayrimlari esa ofis va dökonlarga kirişmoqda. Poytaxt aholisi ular bilan ingliz va urdu tillarida suhbat qilişmoqda.
«Aytişlariça, samolyot orqali ketiş qimmat. Şu sababdan Termizgaça ketiş uçun pul töplaşmoqda. U yerdan Afğoniston orqali Pokistongaça yetib olişmoqçi. Pokistonliklarning aytişiça, ular Toşkentga turistik viza bilan pul işlaş uçun kelgan. Ehson qilgan fuqarolarning aytişiça, pokistonliklar hozirga qadar Parijga yetib oladigan pulni yiğib bölgan», deydi muxbir.
Eslatib ötamiz, Özbekiston qonunçiligida tilançilik uçun javobgarlik belgilangan. Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 188-1-moddasiga köra, jamoat joylarida pul, oziq-ovqat mahsulotlari va boşqa moddiy qimmatliklar berişni faol tarzda sörab, tilançilik bilan şuğullaniş bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravaridan uç baravarigaça miqdorida jarima solişga yoki ön beş sutkagaça muddatga ma'muriy qamoqqa olişga sabab böladi.













