Emlaş jarayoni boşlangandan buyon, bugungi kungaça viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarşi emlangan fuqarolar soni 105 158 nafarga yetdi. 

2021 yilning 29 aprel kuni Farğona viloyati hududlari böylab  jami 16 838 nafar kişi COVID-19ga qarşi emlandi. Bugungi kungaça viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarşi emlangan fuqarolar soni 105 158 nafarga yetdi. Bu haqda Kun.uz’ga Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati Farğona viloyati boşqarmasi OAV va jamoatçilik bilan işlaş bölimi ma'lum qildi. 

Ta'kidlanişiça, 29 aprel kunidagi emlaş körsatkiçlari böyiça yuqori örinlarni Özbekiston tumani (2384 nafar), Oltiariq tumani (1424 nafar), Quva tumani (1364 nafar) band qilgan. Emlanganlar orasida jiddiy asoratlar va nojöya ta'sirlar kuzatilmagan.