Quriliş vaziri örinbosari Nasrullo Boboyev «Şahidlar xotirasi» majmuasini rekonstruksiya qiliş loyihasi haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilişiça, hududda hukumat qarori bilan qatağon qurbonlari nomi aks etadigan ramziy kitob, muzey xodimlari uçun bino, milliy hunarmandçilik va savdo dökonlari, amfiteatr, veloyölaklar quriladi.

«Hozirda majmua rekonstruksiyasi böyiça eskiz loyiha takliflari işlab çiqilgan. Ular asosida işçi loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda. Bu hali quriliş boşlandi, degani emas. Hali hudud töliq örganiladi, muhandislik qidiruv işlari amalga oşiriladi.

Rekonstruksiya uçun qaror qabul qilinişi, bunga katta mablağlar ajratilişi öz-özidan bölmaydi, albatta. Bu binoni köp yil ekspluatatsiya qiliş jarayonida sifatli qurilişiga e'tibor qaratilmagani yoki kerakli mutaxassislar öşa iş bilan şuğullanmagani holatlari bor. Ventilyatsiyalar ham ma'naviy eskirib, rekonstruksiya talab qilinadigan darajaga kelib qolgan.

Quriliş vaziri örinbosari Nasrullo Boboyev

Biz insonlarga öşa yerdagi minimal şaroitlarini yaratib berişimiz kerak.

Quriladigan amfiteatrda bobolarimiz hayotidan teatr parçalari namoyiş etiladi, turli ilmiy davra suhbatlari ötkaziladi. 

Rekonstruksiya loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöyamiz. Jamoatçilik fikrini olgan holda qaysi binolarni qoldiriş, qaysilarini olib taşlaş masalasi körib çiqiladi, xulosa qilinadi va keyin qurilişga kirişiladi.

Jamoatçilik kerak emas bu binoni bu yerda örnatiş, desa, u narsani loyihadan çiqarib taşlaymiz.

Bu joyning ziyoratgohlik ahamiyati köproq. Majmuaga caylgoh yoki köngiloçar joy emas, ziyoratgoh sifatida qaraşimiz kerak», – dedi vazir örinbosari 28 aprel kuni ötkazilgan matbuot anjumanida.

Nasrullo Boboyevga köra, quriliş-ta'mirlaş işlarini bajaruvçi pudratçilar hozirça tanlanmagan.

“Qança pul jalb qilingani hamma uçun qiziq. Oçiğini aytaman, loyiha töliq işlab çiqilmagani sababli qança mablağ ketişi aniq emas. Loyiha töliq işlab çiqarilganidan keyin, uning smeta-xarajatlari amalga oşiriladi. Hisob-kitob qilib çiqilgan xarajatlar asosida biz sarflanadigan mablağlarni aytişimiz mumkin.