Jahon | 16:03 / 03.05.2021
68947
1 daqiqa o‘qiladi

Eng ko‘p oltin zaxirasiga ega mamlakatlar reytingi e'lon qilindi

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin zaxirasiga ega mamlakat Qozog‘iston bo‘lib, u 387,9 tonna oltin bilan 14-o‘rinda joylashgan.

Foto: storage.myseldon.com

O‘zbekiston davlat oltin zaxiralari bo‘yicha dunyoning 132 mamlakati orasida 332,5 tonna oltin zaxirasi bilan 16-o‘rinda turadi. Bu haqda Jahon oltin kengashi (World Gold Council) ma'lumot berdi.

Ma'lumotda aytilishicha, 2020 yilda O‘zbekistonning oltin zaxiralari 3,4 tonnaga kamaygan.

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin zaxirasiga ega mamlakat Qozog‘iston bo‘lib, u 387,9 tonna oltin bilan 14-o‘rinda joylashgan.

Reytingda Tojikiston 62-, Qirg‘iziston 63-o‘rinni egallagan. Turkmaniston bo‘yicha ma'lumot berilmagan.  

Kengash ma'lumotiga ko‘ra, 2021 yil boshida butun dunyodagi monetar oltin zaxiralari 35,244 ming tonnani tashkil etgan.

AQSh dunyoda eng ko‘p oltin zaxirasiga ega davlat hisoblanadi – 8,1 ming tonnadan ortiq.

Shuningdek, Germaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Xitoy, Shveytsariya, Yaponiya, Hindiston, Niderlandiya eng yuqori o‘ntalikka kirgan. 

Mavzuga oid