World Gold Council (WGC) ma’lumotlariga köra, Özbekiston Markaziy Osiyoda eng köp oltin zaxirasiga ega davlat hisoblanadi.
2022 yil noyabr holatiga Özbekistonning oltin zaxirasi 397,2 tonnaga teng. Qozoğiston biroz orqada – 380,4 tonna. Keyingi örinlarni Qirğiziston (16,4 tonna) va Tojikiston (5,7 tonna) egallab turibdi. Turkmaniston böyiça ma’lumot yöq.
Dunyo böyiça eng köp oltin zaxirasiga ega davlat AQŞ bölib, uning miqdori 8133,5 tonnaga teng. Bu Özbekiston zaxirasidan 20 barobar köp.
Keyingi örinlarni Germaniya (3355,1 tonna) va Italiya (2451,8 tonna) egallab turibdi.
Qayd qiliş joizki, dunyo mamlakatlarining oltin zaxirasi vaqt ötişi bilan köpayib yoki kamayib turadi.

















