2021 yil yanvar-aprel oylarida Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasida jami 25,0 trln sömlik bitimlar tuzildi va uşbu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 56 foizga ga köpdir. Bunda, tuzilgan bitimlar hajmining 88,4 foizini birja savdolariga, qolgan qismi esa elektron tijorat savdo tizimlari, şu jumladan körgazma-yarmarka savdolari, elektron davlat xaridlari, avtoraqam va mobil raqam onlayn auksionlariga töğri keladi.
Joriy yil aprel oyida Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotiş jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etişni davom ettiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq oçiq birja savdolariga yangi turdagi mahsulotlarni jalb qiliş işlari amalga oşirildi.
Joriy yil aprel oyida “Navoiyazot” AJ ham birja savdolari orqali 4539 tonna polivinilxlorid (PVX)ni mahsulotning bir tonnasi uçun örtaça 16,2 mln sömdan va 147 tonna formalinni örtaça 2,9 mln sömdan sotdi.
Şuningdek, ötgan oyda birja savdolari orqali 220 kg kumuş sotildi. Ötkazilgan birja savdolari yakunlariga köra 1 gramm kumuşning örtaça narxi 8700 sömni taşkil etdi.
Birjaning kotirovkalaş varağiga kiritilgan yangi turdagi mahsulotlar böyiça birjadagi narxlar talab va taklif bozor qonunlari asosida şakllandi. Öz navbatida, tadbirkorlik sub'yektlari mazkur tovar resurslaridan erkin foydalanişga, sotuvçi korxonalar esa şaffof birja savdolari evaziga qöşimça daromad olişga muvaffaq bölişdi.
“ÖzRTXB” AJ PR bölimi











