1 may kuni Toşkent markazidagi Xalqlar döstligi maydonida «Ğalaba qöşiqlari» konserti ötkazilgan. Unda SSSR bayroği kötarilgani özbekistonliklar örtasida muhokamalarga sabab bölmoqda.
Ijtimoiy tarmoqda köplab foydalanuvçilar suratlarni körib, dahşatga tuşganini bildirmoqda.
Ayrim foydalanuvçilar bu bayroq kötarilişiga masalan, Boltiqböyi respublikalari yoki umuman, mustaqil davlatçiligini hurmat qilgan biror bir mamlakatda yöl qöyilmasligini urğulagan.
«Poytaxtda qizil bayroq kötarilişi bu juda qörqinçli va dahşatli hodisa. Ammo bunga rasmiylardan heç kim reaksiya bildirmayapti. Uning muqobili – odamlarning e'tiroz, namoyişlariga esa qonunlarimiz yöl qöymaydi. Men qörqyapman, qörqyapmanki, bu kelajakda kattaroq voqealarga, qaytadan mustamlaka bölişimizga deboça bölmasin», – deb yozdi Facebook'ning özbek segmentidagi foydalanuvçilardan biri.
Konsertni Rossiya TIVning Rossotrudniçestvo agentligi ötkazgan bölib, agentlik press-relizida tadbirni Özbekiston hukumati qöllab-quvvatlagani aytiladi.
Özbekiston Madaniyat vazirligi 3 may kuni bergan bayonotida vazirlik konsert dasturining Özbekistonda ötkazilişida hamkor ekani va «faqat sahnadagi jarayonlarga javobgarlikni öz zimmasiga olgan»ini bildirdi.
Kun.uz'ga hukumatdagi manbalar orqali yetib kelgan ma'lumotga köra, tadbir uçun Özbekiston hukumatidan rozilik olinişiga Rossiya Federatsiyasi xalq artisti Mixail Turetskiyning Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripovga yozgan xati asos bölgan.
Kun.uz'dagi ma'lumotga köra, boş vazir Abdulla Aripov tadbirni ötkazişga rozilik bildirib, uni taşkil etiş işlarini muvofiqlaştiriş böyiça örinbosari Aziz Abduhakimov boşçiligidagi qator mutasaddilarga topşiriq bergan.
«Taklifga rozilik berilsin. Madaniy tadbirni 2021 yil 1 may kuni Xalqlar döstligi san'at saroyining old maydonida sanitariya-epidemiologiya hamda jamoat xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etgan holda taşkil etişingizni sörayman», – deya topşiriq bergan boş vazir Madaniyat vazirligi, Taşqi işlar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Toşkent şahar hokimligi va Milliy gvardiya rahbarlariga.
«Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi konsert vaqtida SSSR bayroği kötarilişini keskin qoralab çiqdi.












