— 2021 yil boşidan beri jahon bozorida ösimlik yoği narxlari 21 foizga oşdi. Özbekistonda esa 30 foiz oşgani kuzatilmoqda. Bu qadar yuqori tafovutning sabablari nimada?
— Töğri, jahon miqyosini oladigan bölsak, narxlar 21 foizga oşdi. Biz kungaboqar yoği import qiladigan asosiy davlat Rossiyada narxlar 30 foizdan ziyod darajada yuqoriladi. Şu sababli bizda ham narxlar 30 foizgaça oşişi kuzatildi.
Bundan taşqari, Rossiyada narx oşişi bilan birga, bizdagi logistika xizmatlari ham bor. Narxlarning oşiş sur'atlari logistika jihatdan ham farq qiladi.
Tayyor mahsulotni olib keliş uçun logistika xarajatlari böladi. Pandemiya sababli logistika xizmatlari narxlarida ösiş kuzatildi.
Şuning uçun jahon bozori yoki Rossiyaning içki bozoridagi kungaboqar yoği narxining ösişi bilan bizning içki bozordagi kungaboqar yoği narxi ösiş tendensiyasi farq qiladi. Asosiy sabab şunda.
Ötgan yili 258 ming tonna ösimlik yoği import qilganmiz. Şundan 68 foizi Rossiyadan, qolgan qismi Qozoğiston va Ukrainadan olib kelingan.
— Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi tomonidan paxta yoği va çigiti narxi şakllanişi ustidan nazorat kuçaytirilgani xabar qilindi. Bu narxlarga qanday ta'sir qiladi?

— Qömitaning tegişli buyruğiga asosan, kompleks örganiş taşkil etildi. Nazorat kuçaytirildi.
Biz bu işni ikki yönalişda amalga oşiramiz. Birinçisi, narx böyiça, ya'ni narxlarga ta'sir etuvçi omillarni, ularning şakllanişi, nimalar narxlar oşişiga ta'sir qilgani yuzasidan örganişlar olib borilmoqda.
Ikkinçi yönalişda yoğ-moy korxonalarini yoki ularga çigit yetkazib beruvçi klaster korxonalarining özaro munosabatini örganamiz. Bunda har qanday til biriktiriş holatlari, bozordagi uluşi 35 foizdan yuqori xöjalik sub'yektlarining narxlarni sun'iy uşlab turişi bor-yöqligi, mahsulot tanqisligini keltirib çiqariş maqsadida bir-biri bilan kelişib olinganlik harakati tekşiriladi.
Narx masalasiga kelsak, respublikamizda bugungi kunda 80 dan ortiq yoğ-moy işlab çiqaruvçi korxonalar bor. Şundan 23 tasi – «Özyoğmoysanoat» uyuşmasiga a'zo korxonalar. Bular monopolist sifatida davlat reyestriga kiritilgan. Ya'ni biz ularning narxlari şakllanişi yuzasidan örganişlar ötkazişimiz mumkin.










