Hukumat qarori bilan «Mahalliy işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorga özgartiriş kiritildi.
Unga köra, davlat xaridlaridagi iştiroki vaqtinçalik taqiqlangan va çegaralangan xorijda işlab çiqarilgan tovarlar, şuningdek, xorijiy şaxslar tomonidan bajariladigan işlarning (xizmatlarning) röyxatidan quyidagilar çiqarib taşlandi:
- Soya, araxis, zaytun yoği (TIF TN kodlari: 1507101000, 1507901000, 1508101000, 1509101000, 1509900000);
- Kungaboqar yoği (TIF TN kodlari: 1512111000, 1512191000, 1512199002);
- Paxta yoği (TIF TN kodlari: 1512211000, 1512291000).
Avvalroq, Soliq kodeksiga qöşimçalar kiritilgandi. Unga köra, 2021 yil maydan 31 dekabrgaça quyidagilar qöşilgan qiymat soliğidan ozod qilindi:
- Özbekiston hududiga ösimlik yoği, kungaboqar va ziğir uruği, şuningdek, soya danagini olib kiriş;
- ösimlik yoğini (paxta yoğidan taşqari) işlab çiqariş va (yoki) realizatsiya qiliş böyiça aylanma.
Bunga yilning 1-çoragida kungaboqar yoği, aprel oyida esa paxta yoğining narxi keskin oşib ketganini asos sifatida körsatiş mumkin.
Eslatib ötamiz, hukumat qarori bilan xorijda işlab çiqarilgan 529 xil mahsulotning davlat xaridlaridagi iştiroki taqiqlangandi. Adliya vazirligi bunga izoh tariqasida pandemiya davrida faoliyatida uzilişlar bölgan tadbirkorlar faoliyatini yaxşilaş uçun davlat organlari va taşkilotlari ehtiyojlari uçun mahalliy tadbirkorlar mahsulotlaridan foydalanilişini bildirgan.
















