2–8 avgust kunlari «Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasi» AJning barça savdo platformalarida 1 trillion 620,9 mlrd sömlik tovarlar sotilgan.
Paxta yoği
Birjaning paxta yoği bozorida narxlar pasayişi qayd etildi. Körib çiqilayotgan davrda barça navli paxta yoğining kunlik örtaça narxlari mahsulotning bir tonnasi uçun 17 million 898,9 ming sömdan 16 million 617,5 ming sömgaça, ya'ni 7,2 foizga pasaygan.
Tsement
Körib çiqilayotgan davrda sementning barça markalari böyiça şakllangan kunlik örtaça narxlar mahsulotning bir tonnasi uçun 507,1 ming sömdan 500,9 ming sömgaça, ya'ni 1,2 foizga pasaygan.
Suyultirilgan gaz
Körib çiqilayotgan davrda suyultirilgan gazning örtaça kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uçun 6 million 588,7 ming sömdan 6 million 565,4 ming sömgaça pasaygan va örtaça haftalik kotirovkasi 6 million 436,7 ming sömni taşkil etgan.
Şuningdek, ötgan hafta davomida 8,3 mlrd sömlik avtoraqamlar sotilgan.

















