Farg‘onada 8,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari sarflanishida qonunbuzilish holati aniqlangan
|01:46 / 06.05.20215 2422 min
Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2021 yil 1-chorakda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma'lumotda aytilishicha, Farg‘onada 8,1 mlrd so‘m mablag‘ sarflanishida qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.
Mahalliy budjet mablag‘lari maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 189,1 mlrd so‘m miqdorida, jumladan:
Sirdaryo 40,2 mlrd so‘m;
Jizzax 23 mlrd so‘m;
Andijon 19,8 mlrd so‘m;
Toshkent 12,1 mlrd so‘m;
Qashqadaryo 11,4 mlrd so‘m;
Surxondaryo 8,9 mlrd so‘m;
Farg‘ona 8,1 mlrd so‘m;
Samarqand 7,9 mlrd so‘m;
Xorazm 6,4 mlrd so‘m;
Buxoro 6 mlrd so‘m;
Namangan 5,2 mlrd so‘m;
Navoiy 1,4 mlrd so‘m;
Toshkent shahri 16,5 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 21,9 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari qayd etilgan.
— Muallif fikri tahririyat nuqtai nazarini ifoda qilmasligi mumkin.
— Tahririyat bu mavzu bo‘yicha ikkinchi tomonning fikrlariga ham minbar berishga tayyor