Nizom loyihasiga muvofiq, tashkilotlar maxsus balli baholash tizimi asosida “yuqori”, “o‘rtacha” va “past” xavf toifalariga ajratiladi. Bunda statistik ma’lumotlar, shubhali operatsiyalar, davlat organlari axborotlari, murojaatlar va tashqi manbalardagi ma’lumotlar tahlil qilinadi.
Hujjatda qayd etilishicha, xavfi yuqori va o‘rta toifadagi tashkilotlarda qonunbuzilishlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi. Agar xavfli holatlar bartaraf etilmasa, tekshiruv o‘tkazish tashabbusi ilgari surilishi mumkin.
Shu bilan birga, inson hayoti va xavfsizligiga tahdid, terrorizm yoki jinoiy daromadlarni legallashtirish holatlari aniqlanganda profilaktik tadbirlarsiz ham tekshiruv o‘tkazish mumkinligi belgilanmoqda.
Loyihada xavfi past deb baholangan tashkilotlar faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi ham nazarda tutilgan.










