

«Qişloqda 160 ta xöjalik bor. Aholi soni 900 nafardan ortiqroqni taşkil etadi. Bizning mollarimiz, eşaklarimiz, qöylarimiz, umuman, nima uy hayvoni bölsa ham, qanaqadir yirtqiç yeb ketyapti», — deydi mahalla faoli Kamoliddin Matxoliqov biz bilan suhbatda.
Qişloq ahlining ta'kidlaşiça, bunday voqea qişloqda 4 yildan buyon kuzatiladi. Avvallari onda-sonda kuzatilib turgan bunday holat, bugungi kunga kelib, odatiy holga aylangan. Aholi çorvalariga hujum qilayotgan noma'lum yirtqiç böri bölsak kerak, degan gumonda.

«Qoronği tuşdi degunça odamlar ham köçaga çiqişga qörqib qolişdi. Yoş bolalar, ayollar taşqariga çiqişga mutlaqo bezillab qolgan. Özimiz ham xavotirda yaşayapmiz. Bugun çorvalarimizga hujum qilgan noma'lum yirtqiç ertaga özimizga ham hujum qilib qolsa, nima qilamiz?» — deydi suhbatdoşimiz Kamoliddin Matxoliqov.

Şu qişloqda istiqomat qiluvçi Ziyoda Yöldoşeva ham noma'lum yirtqiç sabab çorvalaridan ayrilganlardan.
«Ikkita buzoğimni ğajib ketdi. Bor-yöğim şu buzoqlarim edi. Qişloqda suv yöq. Dehqonçiliklarimiz ham unçalik yaxşi bölmayapti. Tirikçiligimiz asosan şu çorva ketidan edi. Endi yana ikkita buzoq qilgunça ikki yil vaqt kutişim kerak. Ziyonga kirdik. Masalaga yeçim yöq», — deydi Z.Yöldoşeva.


Aholi vakillari uşbu masalaga yeçim izlab, bir neçta davlat idoralariga murojaat qilgan. Furqat tumani hokimligi, tuman içki işlar boşqarmasi, obodonlaştiriş bölimi, ekologiya bölimi şular jumlasidandir. Mutasaddi taşkilotlarning ayrimlari fuqarolarning yozma murojaatlariga faqat yozma javob xati beriş bilan kifoyalanmoqda. Masalani kelib örganib ham körişgani yöq.
Furqat tumani ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş inspeksiyasi mutaxassisi Sarvar Şamsiddinov boğiböstonlik fuqarolardan murojaat bölganini tasdiqladi.






















