Farğonada öğrilik jinoyatida ayblanayotgan tört nafar şaxs sud binosidan qoçib ketgan. Mazkur voqea jinoyat işlari böyiça Toşloq tuman sudida yuz bergan.
2021 yil 5 may kuni soat 14:00 larda Jinoyat işlari böyiça Toşloq tumani sudi binosiga olib kelingan tört nafar sudlanuvçilar 1988 yilda tuğilgan A.P, 1991 yilda tuğilgan A.F, 1992 yilda tuğilgan Ş.Z. va 1989 yilda tuğilgan U.T.lar vaqtinçalik uşlab turiş xonasiga olib kirilgan. Sudlanuvçilar sud binosining orqa tomonidagi devordan oşib, qoçib ketgan.
Körilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida ularning barçasi şu kunning özida uşlandi. Hozirda qöriqlov ostidagi saqlaş joyidan qoçganligi uçun sudlanuvçilarga Jinoyat kodeksining 222-moddasi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Avvalroq, Oltiariqda YPX inspektori örnatgan yöl belgisini olib taşlagan bir guruh fuqarolarga sud hukmi öqilgan edi.











