U 57-raqam bilan Stalingrad jangida iştirok etgan. Jangçi köz körib quloq eşitmagan uruş dahşatlarini boşidan keçiradi. Yapon uruşida ham qatnaşib 1949 yilda, 7 yil deganda uyga kirib keladi.

«1942 yilda Yöldoş Oxunboboyev Farğonada özbek diviziyasi tuzdi. Diviziyaga bor erkak va ayollarni oldi. 1925 yilda tuğilganman. 17 yoşda edim öşanda. Jangga kirişdan avval bizni obdon tayyorlaşdi, öqitişdi. Jang qiliş uçun könikmaga ega böldik.

Hitler «Moskvani yöqotasan», degan. 1942 yil Farğonaga yapon askarlarini olib kelişgan. 14 ta davlatni nemis bosib olgan ekan. Hozirgi Satkak buvada nemislardan qoçib kelgan askarlar töplanişgan. Pulemyotçilikka öqidim. Maxsus tayyorgarlikdan ötgan bölajak askarlarni içimizdan tanlab frontga olib ketişdi.

Hali-xanuz yodimda. Frontgaça vagonda 40 kişi ketganmiz. Bölajak askarlarni 3 yil öqitib, keyin qöliga qurol berarkan. Ungaça tanklar qarşi öralar, okoplar qazib berganmiz.

Uruşning sovuği qattiq bölarkan. Ölganlarni qişda kömdirmagan. Öliklarga birov qaramagan. Odamlar uvol bölib ketgan. Haqiqiy qirğinbarot jang bölgan. Biz ana şunday kunlarni boşimizdan ötkazdik. U kunlar endi qaytib kelmasin», – deya sözlab bergan edi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda uruş faxriysi Homidjon ota Özganov.

Otaxon 2000 va 2017 yillarda Haj ziyoratida bölgan edi.

Homidjon ota Özganov bilan 2021 yilning mart oyida oxirlarida gaplaşgan edik. Niyatimiz – otaning xotiralarini 9 may – Xotira va qadrlaş kuni arafasida çiqariş edi. Bizga ma'lum qilişlariça, uruş faxriysi 4 may kuni olamdan ötgan. Yana bir tirik tarixdan ayrildik. Biz otaxonning yaqinlariga çuqur ta'ziya izhor qilamiz. Oxiratingiz obod bölsin, Homidjon ota.

Sarvar Ziyayev,
Kun.uz muxbiri