Qozoğiston va Özbekiston Şengen vizasining «osiyoça» versiyasini joriy etiş masalasini körib çiqmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik.kz Qozoğiston madaniyat va sport vazirligi axborot xizmatiga tayanib.
«Hozirgi vaqtda Ipak yöli hududiga kiradigan mamlakatlarga kiriş va qoliş uçun Silk Road Visa’larini berişning yagona elektron tizimini joriy etiş masalasini muvofiqlaştiriş jarayoni Özbekiston bilan birgalikda olib borilmoqda», deyilgan rasmiy bayonotda.
Silk Road Visa nima?
«Silk Road Visa Buyuk ipak yöli ustida joylaşgan mamlakatlar uçun Şengen vizasining analogiga aylanişi mumkin. Taklif etilayotgan mexanizm transmilliy sayyohlik yölidagi tösiqlarni (turistlarning qöşni davlatlar çegaralaridan ötişdagi viza, bojxona va çegara tösiqlari) yengib ötişga imkon beradi. Hozirda bir qator mamlakatlardan kelgan çet elliklar ikkita davlat - Qozoğiston va Özbekistonga taşrif buyuriş uçun alohida viza olişlari kerak. Turistlarning sayohat davomida tez qaror qilişini inobatga olsak, bu ikki davlat hududiga birdaniga taşrif buyurişida muammolarni keltirib çiqarmoqda», deyilgan Qozoğiston Madaniyat vazirligi xabarida.
«Osiyo Şengeni» qaçon paydo böladi
Hozirgaça Silk Road elektron viza loyihasini amalga oşiriş böyiça ikki mamlakat rasmiylari örtasida 2ta konsullik va 4ta işçi guruhlari örtasida uçraşuvlar ötkazilgan.
Ayni paytda axborot tizimlarini birlaştiriş, loyihani birgalikda moliyalaştiriş, şu jumladan, yagona konsullik yiğimini belgilaş va loyihani töliq amalga oşiriş uçun hukumatlararo bitim tuziş masalalari körib çiqilmoqda.
Rejaga muvofiq, bu iş joriy yilning oxiriga qadar yakunlanadi.











