Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Shengen vizasi rad etiluvchi MDH davlatlari ichra ikkinchi o‘rinda
O‘zbekiston sobiq SSSRning turistik shengen vizalari berilishi eng ko‘p rad etiluvchi davlatlari ichra Armanistondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Deutsche Welle nashri xabar bermoqda.
Germaniya Federativ Respublikasi tashqi ishlar vazirligi statistikasiga ko‘ra, mazkur mamlakatga MDH davlatlari ichidan Rossiya fuqarolari eng ko‘p dam olishga borishadi. 2008 yildan 2017 yilgacha rossiyaliklar nemis turistik vizalarini rasmiylashtirish uchun 3,5 milliondan ortiq ariza topshirishgan. Ulardan keyin Belarus va Qozog‘iston fuqarolari borishmoqda — mos ravishda 635 ming va 367 ming so‘rov. Ularga ham viza berishda kamroq rad javobi berilgan.
Vizani eng qiynalib qo‘lga kirituvchi fuqarolar armanlardir. 2008 yildan 2017 yilgacha armanistonlik 120 ming 490 fuqaro ariza topshirgan va ularning 8,4 foiziga rad javobi berilgan. Ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston bormoqda, 41 ming 49 murojaatchidan 7,8 foiziga viza rasmiylashtirilmagan.

Mavzuga oid
09:45 / 01.07.2026
Fransiyada Shengen vizasi olish tartibi o‘zgardi
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026