Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasining rasmiy uzex.uz veb-sayti yangilandi va sinov tariqasida işga tuşirildi.
Vebsaytning redizayni birja faoliyatining şaffofligini yanada oşiriş, uning tarkibiy tuzilmasini optimallaştiriş, veb-saytdan foydalanişni soddalaştiriş va uning funksional imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida amalga oşirildi.
Muhim ma'lumotlar va foydali servislar veb-saytning asosiy sahifasiga joylaştirildi. Xususan, foydalanuvçilar birja savdolari va onlayn-auksionda iştirok etiş tartibi haqidagi video körsatmalar, birja kotirovkalari, eng sönggi yangiliklar hamda e'lonlar bilan tanişişlari mumkin.
Boş sahifa orqali, şuningdek, elektron savdolarda iştirok etiş uçun zarur bölgan garov mablaği miqdorini hisoblab beruvçi kalkulyator kabi barça interaktiv xizmatlardan ham foydalaniş mumkin. Bundan taşqari, savdo iştirokçilari veb-sayt orqali yagona onlayn-röyxatdan ötiş va töğridan töğri birjaning zarur bölgan savdo tizimiga ötiş kabi imkoniyatlarga ham ega.
Veb-sayt içki sahifalarining dizayni ham özgartirilib, uning qulay va sodda navigatsiyasi ham joriy etildi. Veb-saytga, şuningdek, yangi axborot bannerlari va barça tovar pozitsiyalarning narxlar dinamikasini grafik şaklda kuzatiş funksiyalari qöşildi.
Yangilangan veb-sayt sinov tariqasida işga tuşirilgan. Ayni vaqtda foydalanuvçilar uçun saytning avvalgi talqini ham xizmat qilmoqda. Yangi körinişga ega bölgan saytni yanada takomillaştirişga qaratilgan işlar hali davom etmoqda, jumladan, yana özgarişlar kiritilişi va qöşimça qulayliklar qöşilişi kutilmoqda.
Birjaning internet-resurslarini yangilaş kompaniyaning birja savdolari va elektron tijorat sohasida yetakçilik qiliş strategiyasining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Veb-saytga kiritilgan barça özgarişlar foydalanuvçilar uçun qöşimça qulayliklar yaratiş va uning maqsadli auditoriyasini kengaytirişga qaratilgan.
Ma'lumot uçun: Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasining rasmiy uzex.uz sayti taşrif buyuruvçilarning soni böyiça elektron tijorat yönalişida ikkinçi örinni egalaydi. Har kuni veb-saytga örtaça 18 000 ta noyob foydalanuvçi taşrif buyuradi.
“ÖzRTXB” AJ PR bölimi












