9 may kungi bayram tadbirlari prezident qarori bilan tasdiqlangan dastur doirasida, qat'iy karantin talablariga rioya etilgan holda ötkaziladi. Dasturda nazarda tutilmagan boşqa har qanday ommaviy tadbirlarni ötkaziş taqiqlanadi. Bu haqda Respublika maxsus komissiya axborotida ma'lum qilindi.

«Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtiriş böyiça kunlik körsatkiç aprel oyining ikkinçi yarmidan boşlab 300dan oşgan bölsa, uşbu körsatkiç joriy yil 6 may holatiga 450dan oşganligi ham fuqarolarimiz tomonidan karantin çeklovlariga amal qiliş mas'uliyatini yanada oşirişni taqozo etmoqda. 

Şu munosabat bilan aholi salomatligini saqlaş, mamlakatda epidemiologik vaziyat keskinlaşuviga yöl qöymaslik maqsadida yurtimizda 9 may — Xotira va qadrlaş bayrami bilan boğliq ommaviy tadbirlarni faqatgina Özbekiston Respublikasi prezidentining 2021 yil 20 apreldagi PQ–5081-son qarori bilan tasdiqlangan 9 may — Xotira va qadrlaş kuni, umumxalq bayramiga bağişlangan tadbirlarga tayyorgarlik köriş va ularni ötkaziş dasturi doirasida karantin talablariga qat'iy rioya etgan holda amalga oşiriş zarur. 

Bunda yuqoridagi dasturda nazarda tutilmagan boşqa har qanday ommaviy tadbirlarni ötkaziş taqiqlanadi. Uşbu karantin çekloviga rioya etilişi Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va mahalliy hokimliklar, Milliy gvardiya, içki işlar organlari va boşqa mutasaddi taşkilotlar tomonidan nazorat qilinadi», deyiladi axborotda.

Bundan oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda 9 may kuni poytaxtda «Ölmas polk» («Bessmertniy polk») aksiyasini ötkazişga ruxsat berilgani töğrisida xabar tarqalgan, Toşkent şahar hokimligi bu xabarlarga munosabat bildirib, anglaşilmovçilik tufayli şunday xabar tarqalgani, bunday tadbirlarga ruxsat berilmaganini ma'lum qilgandi.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 1 maydan ommaviy tadbirlarda çeklovlar kuçga kirgandi. Lekin 1 may kuni Toşkent markazidagi Xalqlar döstligi maydonida «Ğalaba qöşiqlari» konserti ötkazilgan, unda SSSR bayroği kötarilişi keskin noroziliklarga sabab bölgandi.