Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida qovun pişdi. Tez orada eksport qilina boşlanadi. Bu haqda viloyat bojxona boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Tumanning Ötamayli qişloği mirişkor dehqonlarining mehnatlari evaziga qovun erta yetiştirilmoqda.

«Özimizning tomorqamizda har yili turli xildagi poliz mahsulotlarini yetiştirib kelyapmiz. Daromadimiz yaxşigina, rözğordan orttirgan mablağdan ekin maydonimizni kengaytiryapmiz. Tomorqamizga ertapişar qovunning «Dakara» navini ekkanmiz. Hosil may oyining boşida pişib yetildi. Sotib daromad qilyapmiz», - deydi dehqon Rufat Böriyev.

Dehqonlarning aytişiça, hududda joriy yilning fevral oyidan boşlab qovun parvarişiga kirişilgan. Bunda asosan «Jiyan», «Torpedo», «Aeroport» kabi eksportbop navlar tanlangan.

Ma'lumot uçun, uruğlar avvaliga maxsus idişlarga ekilib, issiqxona şaroitida östirib olinadi. Böyi me'yoriga yetgan köçatlar keng maydonga plyonka ostiga ekib çiqiladi. Kunlar isişi bilan palaklar baravj rivojlanişi uçun nihollar usti oçiladi. Bu usulni qöllaş orqali çiroqçiliklar ertaçi hosil olmoqda.