Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti Xitoyning Sinopharm kompaniyasi işlab çiqqan koronavirusga qarşi vaksinadan şoşilinç holatlarda foydalanişga ruxsat berdi. Bu haqda JSST boş direktori Tedros Adanom Gebreyyesus ma'lum qildi.

«JSST bugun Pekinning koronavirusga qarşi Sinopharm vaksinasini şoşilinç holatlarda foydalaniş mumkin bölgan preparatlar qatoriga kiritdi», dedi u.

Uning sözlariga köra, bu JSST xavfsiz va samarali deb topgan oltinçi vaksinadir.

30 aprel kuni JSST Amerikaning Moderna kompaniyasi işlab çiqqan vaksinadan şoşilinç holatlarda foydalanişga ruxsat bergandi.