2021 yil 7 may kuni Samarqand şahridan oqib ötuvçi anhorda binafşa rangli suv oqqan. Aniqlanişiça, bu suv şahar hududida joylaşgan mato işlab çiqaruvçi korxona tomonidan oqizilgan. Bu haqda Viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi xabar bermoqda.
Joriy yil 7 may kuni Samarqand şahar Çuqur yöli köçasi hududidan oqib ötuvçi «Çaşma» va «Siyobça» kollektorlarining birlaşiş qismidan binafşa rangdagi, tarkibida ifloslantiruvçi moddalar me'yoridan ortiqça bölgan oqova suvlar oqayotgani aniqlangan.
Keça, 8 may kuni Ekologiya inspeksiyasi inspektorlari, tegişli taşkilotlar mas'ullari hamkorligida ötkazilgan tekşiruvda binafşa rangdagi oqova suvlar Samarqand şahar, «Birlik» MFY, Birlik köçasi 4-uyda joylaşgan, baxmal mato işlab çiqaradigan «Sayyora tekst» oilaviy korxonasi tomonidan oqizilayotgani aniqlangan.
Ma'lum bölişiça, töliq quvvat bilan işlayotgan mazkur oilaviy korxonada işlab çiqariş jarayonida hosil bölgan oqova suvlar belgilangan tartibda tozalanmasdan, töğridan töğri oqova suv taşlaş tarmoğiga taşlangan.
Qayd etilişiça, hozirda binafşa rangdagi suvning kollektorga oqizilişi töliq bartaraf etilib, holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilmoqda.













