Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 maydagi 292-sonli qarori bilan Boş prokuratura va Navoiy viloyati hokimligining viloyat prokuraturasi ma'muriy binosini davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida quriş va jihozlaş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Qarorga köra, ma'muriy binoni quriş va jihozlaş uçun xususiy şerikni tanlaş böyiça Boş prokuratura, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi, Navoiy viloyati hokimligi va Navoiy viloyati prokuraturasi vakillaridan iborat işçi guruh taşkil etiladi.
Boş prokuraturaga işçi guruh xulosasi asosida tender ötkazmasdan, töğridan-töğri muzokaralar ötkaziş orqali xususiy şerik bilan bitim tuzişga ruxsat berildi.
Ta'kidlanişiça, xususiy şerik Navoiy viloyati prokuraturasiga tegişli, Navoiy şahri, “Yoşlik” MFY hududidagi 3,5 gektar yer uçastkasining 1 gektarida ma'muriy bino qurib, jihozlagan holda Boş prokuraturaga davlat mulki sifatida bepul topşiradi. Yer uçastkasining 2,5 gektar qismi esa ma'muriy bino qurilib, belgilangan tartibda topşirilganidan söng xususiy şerikka doimiy foydalaniş uçun bepul ajratib beriladi.
















