Beşariq tumanida quvib ötiş qoidasini buzgan «Cobalt» yöl-transport hodisasiga uçradi, deya xabar bermoqda Farğona viloyati Içki işlar boşqarmasi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi axborot xizmati.

Ma'lum qilinişiça, voqea 10 may, duşanba kuni soat 8:50 atrofida Beşariq tumanining Marğilon – Oltiariq – Rişton – Karimdevona yönalişidagi avtomobil yölida röy bergan.

Aniqlanişiça, «Cobalt» avtomobili haydovçisi Yu. ismli fuqaro maşina tezligini oşirgan. U quvib ötiş qoidasini buzib ötgani sabab YTH sodir bölgan. Oqibatda haydovçi vafot etgan.

Avvalroq, Boğdod tumanidagi YTHda bir qizaloq vafot etgani haqida xabar berilgan edi.