2021 yilda Farğona viloyatida parrandaçilik yönalişida 116 mlrd sömlik 25 ta loyiha işga tuşiriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi 43-son bayonida çora-tadbirlar belgilangan.

Hukumat tomonidan tasdiqlangan tadbirlar dasturiga köra, 2021 yilda göşt, sut, tuxum va baliq mahsulotlari işlab çiqariş hajmlarini oşiriş maqsadida respublika böyiça çorvaçilik yönalişida qiymati 7 trln 245 mlrd sömlik 1 828 ta loyiha tijorat banklari tomonidan moliyalaştiriladi. 

  • Qoramolçilik yönalişida 4 trln 567 mlrd sömlik 1 057 ta;
  • Parrandaçilikda 1 trln 95 mlrd sömlik 277 ta;
  • Baliqçilik tarmoğida 1 trln 224 mlrd sömlik 317 ta;
  • Asalariçilikda 41,2 mlrd sömlik 122 ta;
  • Quyonçilikda 317,5 mlrd sömlik 56 ta loyiha işga tuşiriladi.

Jumladan, parrandaçilik yönalişida Samarqand viloyatida 185,5 mlrd sömlik 27 ta, Farğona viloyatida 116 mlrd sömlik 25 ta loyiha amalga oşiriladi.