Qayd etilishicha, Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan 2021 yil 13, 14, 15, 16 may kunlari jamoat transporti harakatini quyidagicha tashkil etish belgilandi: 

  • 2021 yil 13 may - dam olish kuni, shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida. Yo‘nalishlarning ish boshlash vaqti soat 4:00dan boshlanadi;
  • 2021 yil 14 may - dam olish kuni, yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2021 yil 15 may - dam olish kuni, shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
  • 2021 yil 16 may - dam olish kuni, yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistonda Ramazon hayiti 13 may kuni nishonlanadi. 14-15 may kunlari ham ishlanmaydigan kunlar deb belgilandi. 16 may esa yakshanba.

Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravishda o‘tkaziladi.