Içki işlar vaziri buyruği bilan Özbekiston içki işlar organlari vaqtinça saqlaş hibsxonalarining içki tartib qoidalariga özgartirişlar kiritildi.
Hujjat 2020 yil 15 oktyabrdagi «Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida»gi qonun, prezidentning 2017 yil 1 dekabrdagi «Nogironligi bölgan şaxslarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni hamda 2019 yil 21 maydagi «Mehnatga haq tölaş, pensiyalar va boşqa tölovlar miqdorlarini aniqlaş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi farmoniga muvofiq qabul qilingan.
Birinçidan, vaqtinça saqlaş hibsxonalarida (VŞ) saqlanayotgan şaxsning ovqat yeyişni rad etgani fakti aniqlanganda VŞ boşliği yoki uning örnini bosuvçi şaxs zudlik bilan bu haqda jinoyat işini yuritayotgan mansabdor şaxs yoki organni, şuningdek prokurorni xabardor qilişi şart (ilgari xabardor qiliş vazifasi navbatçi zimmasiga yuklangan).
Ikkinçidan, ariza, taklif va şikoyatlarni vakolatli davlat organlariga yuboriş vaqti belgilandi (ilgari – olingan kundan keyingi iş kunidan keçiktirmay yuborilgan). Sud, prokuror, himoyaçi yoki VŞlarni tekşiriş huquqiga ega bölgan davlat organlari nomiga, şuningdek jinoyat işini yuritayotgan mansabdor şaxsga yoki organga yöllangan ariza, taklif va şikoyatlar senzuradan ötkazilmaydi hamda berilgan kundan keyingi iş kunidan keçiktirmay muhrlangan tarzda oluvçilarga yuboriladi yoki topşiriladi. Telegrammalar darhol yuboriladi. Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakilining (ombudsmanning) va prezident huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakilning nomiga yuborilgan şikoyatlar muassasa ma'muriyati tomonidan közdan keçirilişi mumkin emas hamda oluvçiga 24 soatdan keçiktirmay yuboriladi. Ombudsman va Vakilning javobi közdan keçirilişi mumkin emas hamda arizaçiga darhol yetkazib beriladi.
Uçinçidan, taqiqlangan buyumlar va oziq-ovqatlar röyxatiga özgartirişlar kiritildi. Xususan, uşbu röyxatga sovuq qurol sifatida foydalanilişi mumkin bölgan aşyolar kiritildi.
Boşqa özgartiriş va qöşimçalar ham kiritilgan.

















