Davlat soliq qömitasi şubhali korxonalardan iborat yangilangan röyxatni e'lon qildi.
Dastlabki bosqiçlarda «şubhali» deb topilgan 578ta korxonaning soliq qonunçiligiga rioya etilişi böyiça ötkazilgan soliq tekşiruvlari natijasida 7ta korxonada «şubhali» deb topilişiga asos bölgan holatlar bartaraf etilganligi sababli röyxatdan çiqarildi.
Şu bilan birga dastlabki uç bosqiçda aniqlangan 578ta şubhali korxona qatoriga törtinçi bosqiçda yana 96ta korxona kiritildi.
Boşlanğiç tahlillarga köra, mazkur 96ta şubhali korxona bilan iqtisodiy aloqaga kirgan kontragentlar soni 1 347 tani, ular tomonidan amalga oşirilgan tovar aylanma 541,3 mlrd. sömni, şundan asossiz hisobga olingan QQS summasi 80,6 mlrd. sömni taşkil etgan. Mazkur şubhali korxonalar hisobraqamlari yopilgan va ularning kontragentlariga xabarnomalar jönatilgan.
Bugungi kunda «şubhali» deb topilgan korxonalar röyxatidagi 667ta korxonalar kontragentlarida 98,1 foiz holatda QQS summasini noqonuniy hisob (zaçet)ga oliş fakti tasdiqlangan.
Ta'kidlanişiça, soliq xizmati organlari tomonidan soliq tölovçilarning murojaatlari asosida faoliyati şubhali deb topilgan korxonalar bilan amalga oşirilgan bitimlarni örganib çiqiş uçun tezkor ravişda kameral soliq tekşiruvlari taşkil etilmoqda.
Ötkazilgan kameral soliq tekşiruvlari natijasida ogohlantirişlarda qayd etilgan xatoliklar tasdiğini topgan 680ta sub'yektlarga 81,7 mlrd. sömlik budjetga tölanişi lozim summalarni joriy yil dekabr oyiga qadar teng uluşlarda bölib-bölib tölaşlariga ruxsat berilgan.
Eslatib ötamiz, fevral oyida Davlat soliq qömitasi «naqdlaştiruvçi» (obnalçi) firmalar bilan kuraş boşlab, 396ta korxonani şubhali korxonalar röyxatiga kiritgan edi. Natijada ular bilan hamkorlik qilgan 10 mingga yaqin tadbirkorlik sub'yektlarining hisobga olingan QQS summasi bekor qilingan











