Davlat soliq qömitasi tomonidan 2021 yil 17 fevral kuni «Tölanişi lozim bölgan soliqlarni kamaytirib körsatiş va qöşilgan qiymat soliği summasini noqonuniy hisobga oliş» bilan boğliq masalalar böyiça matbuot anjumani taşkil etildi.

Davlat soliq qömitasi davlat budjetiga yetkazilgan zararni qisqartiriş maqsadida «naqdlaştiruvçi korxonalar» faoliyatini çeklaş mexanizmini joriy etadi.

Xususan, soliq xavfini boşqariş va tahlil qiliş natijasida soliqlarni kamroq tölaş maqsadida, pul mablağlarini naqdlaştiriş bilan şuğullanuvçi 396 ta «bir kunlik firmalar» xizmatidan foydalangan 10 mingga yaqin taşkilotlar röyxati şakllantirilgan.

Davlat soliq qömitasi tomonidan «naqdlaştiruvçi firma» va korxonalarni aniqlaş mexanizmini joriy etiş masalasi muhokama qilinib, quyidagilar qabul qilingan:

  • 17 fevral ertalab soat 10:00 dan oldin «bir kunlik» firmalar bilan şubhali operatsiyalarni amalga oşirilganligi xavfi nisbatan kam bölgan 2960 nafar tadbirkorlik sub'yektlarining bank hisobvaraqlariga joylaştirilgan inkasso topşiriqlari 2021 yil 1 martgaça vaqtinçalik bekor qilinadi;
  • Reyestrga kiritilgan şubhali korxonalar bilan operatsiyalarni amalga oşirgan xöjalik yurituvçi sub'yektlarga bitimlarni örganib çiqiş uçun kameral soliq tekşiruvini ötkaziş böyiça Davlat soliq qömitasiga murojaat qiliş imkoniyati berildi. Ijobiy xulosa qilingan taqdirda, inkasso topşiriqnomalarini bekor qiliş va ilgari kamaytirib körsatilganligi uçun undirilgan mablağlar qaytarib berilişi ta'minlanadi.

Ma'lumot uçun, 2021 yil 16 fevralda Davlat soliq qömitasiga ariza yuborgan 57 ta korxonada ötkazilgan soliq nazorati tadbirlarining dastlabki natijalariga köra quyidagilar aniqlangan:

  • 52 ta korxona yoki 91,3 foiz hollarda soxta operatsiyalarni amalga oşiriş faktlari tasdiqlandi;
  • 1 ta korxona uçun yoki 1,7 foiz hollarda qalbaki operatsiyalarni amalga oşiriş holati tasdiqlanmadi, şu sababli ortiqça olingan mablağlarni qaytariş böyiça tezkor jarayonlar boşlandi;
  • 4 ta taşkilotda yoki 7 foiz holatlarda noqonuniy hisobga oliş qisman tasdiqlangan.

Şuningdek, birgina Toşkent şahrida 74 korxona noqonuniy hisobga olganligini tan olib ixtiyoriy ravişda 4,6 milliard söm miqdoridagi mablağ böyiça qayta hisob-kitob amalga oşirilgan.