Prezident Şavkat Mirziyoyev «Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining moddiy ta'minotini yanada kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmonini imzoladi.
Hujjat mamlakatimizda keksalarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy himoya qilişning samarali tizimini şakllantiriş, Vatan obro‘-e'tiborini yuksaltirişga, yoşlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalaşga faol qatnaşayotgan qariyalarni e'zozlaş hamda faşizm ustidan qozonilgan ğalabaga munosib hissa qöşgan faxriylarning moddiy ta'minotini yanada kuçaytiriş maqsadi qabul qilingan.
2021 yil 10 maydan boşlab 1941–1945 yillardagi uruş nogironlari va qatnaşçilari, şuningdek, faşistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad şahri qamal qilingan davrda işlagan şaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – 2,5 million söm etib belgilangan.
Mazkur Farmonni bajariş bilan boğliq bölgan sarf-xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi va respublika budjeti mablağlari hisobidan amalga oşiriladi.
Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunçilik hujjatlarga uşbu farmondan kelib çiqadigan özgartiriş va qöşimçalar töğrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritişi belgilangan.
Ma'lumot uçun, bugungi kunga qadar Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarining eng kam pensiya miqdori 800 ming sömni, örtaça hisobda esa 1 million 700 ming sömni taşkil etardi. Mazkur farmon asosida joriy etilayotgan yangi ijtimoiy qöllab-quvvatlaş tizimi uruş va mehnat faxriylarining pensiyalari hajmini 2 barobar oşiriş imkonini beradi.











