Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi “Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar institutini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Qoraqalpoğiston qişloq xöjaligi va agrotexnologiyalar instituti Toşkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida taşkil etiladi, uning faoliyatini Qişloq xöjaligi vazirligi muvofiqlaştiradi.
Qabul parametrlari har yili Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Öquv jarayoni 2021/2022 öquv yilidan boşlanadi.
Institutda ta'limning kredit-modul tizimi joriy etiladi, haftada beş kunlik öqiş hamda haftaning şanba kuni mustaqil özlaştiriş kuni deb belgilanadi.
2022/2023 öquv yilidan boşlab Institut tuzilmasida Germaniya xalqaro hamkorlik taşkiloti bilan hamkorlikda “Geoaxborot tizimlari” markazi va laboratoriyasi taşkil etiladi.
Şuningdek, “Moyli ekinlar seleksiyasi, uruğçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari” öquv-ilmiy markazi faoliyati yölga qöyiladi.
Institutga xorijdan va respublikaning boşqa hududlaridan işga taklif etilgan mutaxassislarga Nukus şahrida qurilayotgan arzon uy-joylardan imtiyozli şartlar asosida ajratiladi.












